Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Kechagi va bugungi "paxta ishi"
15.02.2020 19:18,  
1460

XX asrning 80-yillarida O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida ro‘y bergan voqealar «paxta ishi» sifatida tarixga kirgan. Turli ma’lumotlarga 800ga yaqin jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va 4 mingdan ziyod odam ozodlikdan mahrum qilingan. Bugun u mudhish kunlarni taassuf bilan eslaymiz. Ammo "paxta ishi" hali ham davom etmoqda. Ya’ni qo‘shib yozish.

@davletovuz kanalining yozishicha, O‘zbekistonda «paxta ishi» va qo‘shib yozishlar hamon davom etmoqda.

OAVda chiqqan ma’lumot respublikaning Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent, Jizzax, Namangan va Andijon viloyatlarida «Paxta-2019» mavsumida yirik miqdorda ko‘zbo‘yamachiliklar bo‘lganini ko‘rsatmoqda

Paxta to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari hamda mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tomonidan qabul qilingan paxta xomashyosi miqdorining statistik hisobotlarida qabul qilingan paxta xomashyosiga nisbatan 142,9 ming tonnaga (4,5 foiz) ko‘p qo‘shib ko‘rsatilib kelingan. 

Shundan 120,6 ming tonnasi paxta ishlab chiqarish korxonalari va klasterlari tomonidan ko‘rsatilgan bo‘lsa, 22,3 ming tonna umuman paxta xomashyosi qabul qilmagan Surxondaryo viloyatidagi 7ta mas’uliyati cheklangan jamiyatlariga to‘g‘ri keladi.

Hududlar (viloyatlar) kesimida tahlil qilinganda: 

Surxondaryoda 71,9 ming tonna (26,5 foiz), 

Farg‘onada 37 ming tonna (15,5), 

Toshkentda 22,9 ming tonna (10,4);

Jizzaxda 7,7 ming tonna (3,7), 

Namanganda 2,6 ming tonna (1,3), 

Andijonda 0,821 ming tonna (0,3) paxta xomashyosi haqiqatda qabul qilinganga nisbatan ko‘p ko‘rsatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан