Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Paxtakor" tarixiy uchrashuvda AGMK dan ustun keldi
20.12.2020 17:13,  
130

O‘zbekiston kubogining final bahsida raqiblarini birin-ketin mag‘lubiyatga uchratib final bahsiga yetib kelgan AGMK  va «Paxtakor» jamoalari bahs olib borishdi. 
 
Final bahsining ahamiyatli tomoni shunda ediki,  O‘zbekistonda yurtimiz  tarixida ilk bor VAR xizmatidan foydalanilar edi. Shu tomondan ham uchrashuvga qiziqish anchayin yuqori edi. Eslatib o‘tamiz final bahsi Namangan shahrida o‘tkazildi.


Uchrashuvning dastlabki bo‘limida har ikki jamoa yuqori darajadagi o‘yinni bir-biriga taklif qilishdi. Ammo dastlabki golni muxlislar biroz kutishdi, dastlabki gol muallifi esa «Nasaf»sobiq a’zosi Dragan Cheran 

AGMK / Paxtakor  0:1

O‘tkazib yuborilgan goldan so‘ng Mirjalol Qosimov shogirdlari javob to‘pini yo‘llash uchun bir necha bor harakat qilishdi. Lekin dastlabki bo‘limda boshqa to‘p kiritilmadi, va jamoalar tanaffusga yo‘l olishdi. 

AGMK / Paxtakor 0:1

Ikkinchi bo‘limni yuqori kayfiyatda  boshlagan sherlar tezkor gol kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. Bu safar ham gol muallifi Dragan Cheran bo‘lmoqda.   AGMK futbolchisi to‘pni qo‘lini bilan o‘ynadi va O‘zbekiston tarixida ilk bor VAR xizmatidan foydalanildi, uchrashuvni boshqarib borgan  hakam Zokirov Qodirov esa  Qosimov shogirdlari darvozasiga penalti belgiladi. Uni amalga oshirishni esa Jaloliddin Masharipov qoyillatib qo‘ydi.«Panenka» uslubida kiritilgan goldan so‘ng hisob yirik ko‘rinish oldi. 
3-goldan so‘ng uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi. Shu tariqa Paxtakor jamoasi O‘zbekistonning 13 karra kubok sohibi bo‘lmoqda. 

Gol: Dragan Cheran 28,46
Jaloliddin Masharipov 59 pen.


AGMK / Paxtakor  0:3

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан