Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Payariq tumanida bir necha giyohvandlik moddalari savdosi va saqlanishiga chek qo‘yildi
2.03.2021 18:20,  
128

2021 yil 1 mart kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tintuv-tergov harakatlari davomida 1954 y.t. Payariq tumani “Boshcho‘rosh” mahallasida yashovchi, fuqaro M.Uning yashash manzili xolislar ishtirokida tintuv qilinganida, yashash uyi xojatxonasidan yashil rangli, quruq holdagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli moddasi topilib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda rasmiylashtirilib olindi. Ushbu modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi va sof og‘irligi 1,62 grammga teng ekanligi aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 276-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, “Zarbdor oyligi” tezkor-profilaktik tadbiri davomida olingan tezkor ma’lumotga asosan, 1976 y.t. Payariq tumani  “M.Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro R.R. Payariq tumani, Chelak shahar, Mustaqillik ko‘chasida tadbirga haridor sifatida jalb kilingan shaxsga 100.000 so‘m evaziga yashil rangli, quruq holdagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli “marixuana” giyohvandlik moddasiga uxshash moddasini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Samarqand viloyat IIB EKBning xulosasiga ko‘ra R.Rdan tadbir davomida olingan yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, quruq holdagi modda “marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi va uning sof og‘irligi 1,62 grammga teng ekanligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 273-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan IIV JQBB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi batafsil axborot berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан