Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Payariqda 81 yoshli otaxon uyida giyohvandlik o‘simligi yetishtirayotganligi aniqlandi
15.05.2021 14:51,  
102

Joriy yilning 7 may kuni Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan «Qoradori-2021» tezkor-profilaktik tadbiri davomida, Payariq tumani «Eshimoqsoq» qishlog‘ida yashovchi 81 yoshli A.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda, u yerda 23 tup «Ko‘knori» giyohvandlik o‘simligi mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov jarayonida ushbu shaxs muqaddam ham mazkur modda bilan sudlanganligi aniqlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан