Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






PSR testlarini noqonuniy ravishda tayyorlab sotayotganlar aniqlandi
10.03.2021 19:53,  
266

Joriy yilning 21 yanvar kuni Andijon viloyati Andijon viloyati IIB TvaEQKB, TvaChXTBFMB hamda Xo‘jaobod tumani IIB TvaEQKG xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon tumanida yashovchi fuqarolar S.J hamda D.A.lar Xo‘jaobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.D.ga "Do‘stlik" bojxona kompleksi oldida 34 dona koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun mo‘ljallangan soxta PSR testlarini jami 1.750.000 so‘mga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlandi. Bu haqida Andijon viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 228-moddasi  2-qismi “B” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, joriy yilning 29 yanvar kuni soat 13:30larda Andijon viloyati IIB TvaEQKB, TvaChXTBFMB hamda Xo‘jaobod tumani IIB TvaEQKG xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro Z.J noqonuniy ravishda Koronavirus infeksiyasini tekshirish uchun mo‘ljallangan 4 dona PSR testlarni tegishli analizlar olmasdan, Xo‘jaobod tumanida yashovchi fuqaro S.S.ga 320.000 so‘m pullar evaziga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan aniqlandi.

Z.J.dan 320.000 so‘m pullar, S.S.dan 4 dona PSR testlari xolislar ishtirokida bayonnoma orqali rasmiylashtirilib, Xo‘jaobod tumani IIB ixtiyoriga olingan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida fuqaro Z.J 4 dona noqonuniy ravishda tayyorlangan PSR testlarini Jalaquduq tumanida yashovchi fuqaro A.D.dan sotib olganligi aniqlandi.

Fuqaro A.D. dan 1 dona "Lenovo" nomli kompyuter hamda 1 dona "Epson" nomli printerlar daliliy ashyo tariqasida bayonnoma orqali IIB ixtiyoriga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан