Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pekindagi yirik ulgurji bozorlardan birida koronavirus aniqlandi
13.06.2020 12:59,  
289

Xitoy poytaxti Pekin shahridagi eng yirik ulgurji bozorlardan biri «Sinfadi» bozoridagi import losos (baliq turi) sotiladigan do‘konlardan birida koronavirus aniqlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

56 kun ichida birinchi marta shaharda mahalliy aholi orasida COVID-19 aniqlandi. Oxirgi vaqtlarda poytaxtdan tashqariga chiqmagan 52 yoshli pekinlik koronavirus yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi.

Juma kuni yana ikkita yangi kasallik holati haqida xabar berildi. 25 va 37 yoshli ikkala kasal ham Xitoy go‘sht mahsulotlarini o‘rganish markazi xodimlari bo‘lgan. Ularning koronavirus infeksiyasi borligini tasdiqlaganlaridan so‘ng, shahar hokimiyati epidemiologik tekshiruvlarni boshladi.

"Ushbu tekshiruv natijalarini bugun ertalab oldik. Ichki tekshiruvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu mahsulot (losos) «Szinshen» dengiz mahsulotlari bozoridan keltirilgan", - deydi «Sinfadi» bozori boshqaruvchisi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda baliq importi bilan shug‘ullanadigan to‘qqiz kishi koronavirusga test topshirgan, biroq ularda SARS-CoV-2 topilmagan. Baliqchilarning hammasi karantinga olingan.

Bundan tashqari, mol, qo‘y, cho‘chqa go‘shtlari, sabzavot va meva namunalarida ham koronavirus aniqlanmadi.

Shuningdek, «Szinshen» dengiz mahsulotlari bozori ham vaqtincha yopilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан