Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pensiya tarqatish bo‘yicha Xalq banki yakkahokimligi tugatiladi
11.05.2020 21:58,  
646

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Markaziy bank departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdaliyev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda Abrorxo‘ja Turdaliyev joriy yilning 7-8 may kunlari bir necha soat davomida “HUMO” to‘lov tizimining ayrim to‘lov terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda yuzaga kelgan uzilishlar bilan bog‘liq vaziyatga munosabat bildirdi. 

Joriy yilning 7-8 may kunlari bir necha soat davomida bank kartalari orqali bajarilayotgan tranzaksiyalar soni keskin ortdi.

Natijada, “HUMO” to‘lov tizimining ayrim to‘lov terminallari orqali to‘lovlarni amalga oshirishda uzilishlar yuzaga keldi.

Bundan oldinroq respublika bo‘ylab pensiya to‘lovlarini to‘lash uchun Xalq banki tomonidan 620 mingga yaqin bank kartasi muomalaga chiqarilgan edi.

Yuqorida qayd etilgan muammolar qayta takrorlanmasligi uchun Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda pensiya mablag‘larini yetkazish tizimi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, tegishli takliflar ishlab chiqildi.

"Shu munosabat bilan, pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida xizmat ko‘rsatadigan banklarni tanlash imkoniyati beriladi", - deydi Abrorxo‘ja Turdaliyev.

Bu orqali pensionerlar o‘zlariga maqbul bo‘lgan ixtiyoriy bankda hisob-raqam ochish orqali ularning bank kartasidan foydalanishga imkoniyat yaratiladi. Mazkur tanlash imkoniyati bir martalik bo‘lmasdan, pensionerlar ko‘rsatilayotgan bank xizmati sifatidan qoniqishidan kelib chiqib, xizmat ko‘rsatuvchi bankni o‘zgartirishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан