Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pensiyani plastik kartada oluvchilarga 1 foiz qo‘shimcha pul beriladi
8.04.2022 09:58,  
108

“Davlat pensiyalari, nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–198-son, 07.04.2022 y.) qabul qilindi 

Qarorga muvofiq, 2022 yil 1 maydan:

“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilganlarga va jazoni o‘tab ozodlikka chiqqan fuqarolarga beriladigan to‘lovlar har oyning 5-sanasigacha moliyalashtiriladi hamda AT “Xalq banki”ning sayyor kassalari tomonidan mahallalarga yetkaziladi;

AT “Xalq banki” tomonidan pensiya, nafaqalar va moddiy yordamni fuqarolarga naqd yetkazish xizmatlari uchun Pensiya jamg‘armasi va byudjetdan 1 foiz bankka xizmat haqi to‘lab beriladi;

pensiya, nafaqa, kompensatsiyalar va moddiy yordam pulini bank kartalari orqali oluvchilarga har oylik pensiya va nafaqa pulining 1 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy qilinadi;

2022 yil 1 sentyabrgacha harbiylashtirilgan pensiyalar tizimi avtomatlashtiriladi va pensiya varaqalarini yuritish amaliyoti bekor qilinadi.

2022 yil 1 oktyabrgacha xorijdan 1 800 ta bankomat olib kelib olis hududlarga o‘rnatiladi.

2022 yil yakunigacha pensiya va nafaqa oluvchilar mablag‘larini masofadan boshqarish imkonini beruvchi bankning yangi mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан