Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pentagon: Ukraina harbiylariga Amerika gaubitsalaridan foydalanishni o‘rgatish boshlanadi
19.04.2022 11:50,  
92

AQSh Mudofaa vazirligining yuqori martabali mulozimining aytishicha, yaqin kunlarda amerikalik instruktorlar ukrainalik harbiylarga gaubitsa artilleriya tizimlaridan foydalanishni o‘rgata boshlaydi.
 
Trening Ukrainadan tashqarida bo‘lib o‘tadi, shundan so‘ng kursni tamomlaganlar o‘z vatanlariga qaytib, u yerda boshqalarni o‘qitishlari mumkin bo‘ladi.
 
Pentagon matbuot kotibi, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari Ukraina sharqida yangi hujum uchun shart-sharoit tayyorlayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Rossiya Ukrainaga 11 ta zarba beruvchi tuzilmani o‘tkazib, ularning sonini 76 taga yetkazgan (Ukraina janubi va sharqida).
 
Bundan tashqari:

— AQSh Mudofaa vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan, keyinchalik cho‘kib ketgan "Moskva" kreyserining shikastlangani tasvirlangan suratlarni tasdiqlay olmadi. Ammo departament hozircha bunga e’tiroz bildira olmaydi;
 
— Qo‘shma Shtatlar hali ham Mariupolning yiqilmaganiga ishonadi, lekin agar Rossiya armiyasi uni qo‘lga kiritsa, unda bu qo‘shinlar Donbassga yuboriladi;
 
— Prezident Bayden Ukrainaga mudofaa uchun qo‘shimcha 800 million dollar yordam berishini e’lon qilgach, Kiyevga to‘rtta qurol partiyasi yuborildi. Yaqin kunlarda yana bir partiya yuborilishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан