Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Perevod»ga oid eski xabarlarga ishonmang!
6.09.2021 17:13,  
176

«Perevod»ga oid eski xabarlarga ishonmang. Bu haqda "Xushnudbek" o‘z telegram kanalida yozmoqda.

Shu kunlarda Telegramda o‘tgan yili kanalimda yozilgan eski xabar tarqalmoqda. Ya’ni 56,7 balldan ko‘p, lekin 100 balldan kam to‘plaganlarga ham o‘qishini tibbiyot oliygohlariga ko‘chirishga ruxsat berildi, degan xabar aslida 2020 yil 13 noyabrda e’lon qilingan edi.

Qaysidir g‘araz niyatli insonlar shu xabarni xuddi yangi xabardek meni nomimdan Telegramda tarqatishmoqda. Sodda yurtdoshlarimiz esa buni tekshirib ham ko‘rmasdan, chippa-chin ishonmoqda (o‘zi biror marta biror xabarni tekshirganmidik?).

Axborot makonimizning eng katta muammolaridan biri ham shu. Minglab insonlarni bitta yolg‘on yoki feyk xabar bilan aldash mumkin. Sodda odamlar oldidan nima xabar chiqsa, o‘shanga laqqa tushib ishonib ketaveradi. Bu esa firibgarlarga rosa qo‘l keladi.

Xullas, joriy yilda bunaqa gap yo‘q. O‘qishni ko‘chirishda tibbiyot OTMlari uchun 100 ball o‘tish bali belgilangan va buni kamaytirish rejalashtirilmayapti. Kamaytirilmasa ham kerak.

Iltimos, eski xabarlarga ishonib, ovora bo‘lib qolmang.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан