Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Peruda koronavirusga chalinganlar soni 300 mingdan oshdi
6.07.2020 10:57,  
70

Peruda koronavirus bilan kasallanganlar soni 300 ming kishidan oshdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda. 

"5 iyul kuni soat 00.00 holatiga ko‘ra ma’lumotlar bo‘yicha 302 718 ta holat ijobiy, 1 480 128 ta holat salbiy bo‘lgan. COVID-19 uchun 1 782 846 kishi test topshirgan (test topshirganlarning 17 %ida virus aniqlanyapti - sof.uz)", - deyiladi SSV bayonotida.

Hozirgi kunda 11 302 kishi kasalxonaga yotqizilgan, ulardan 1 227 kishi sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda davolanmoqda. 

Mamlakatda 10 589 kishi koronavirusdan vafot etdi.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Lotin Amerikasini dunyo bo‘yicha koronavirusning yangi o‘chog‘i deb e’lon qilgan edi. Mintaqadagi to‘rtta davlat - Braziliya, Peru, Chili, Meksikaning har birida koronavirusga chalinish holatlari 250 mingdan oshadi.

Mavzuga doir: Janubiy Amerika koronavirusning yangi markaziga aylanmoqda

Mavzuga doir: Braziliyada koronavirus qurbonlari soni 60 mingga yetdi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан