Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Bundan buyon ko‘pqavatli uylarning balkonida kabob pishirish va sigaret chekish mumkin emas
26.09.2019 17:34,  
488

Rossiya hukumati yong‘inga qarshi qoidalar o‘zgarganini tasdiqladi. Bunga ko‘ra ko‘pqavatli uylar, mehmonxona va yotoqxonalarning peshayvonlarida (balkon) ochiq olovdan foydalanish taqiqlandi. Bu haqda ayni o‘zgarishlar tashabbuskori bo‘lgan Rossiya FVV matubot xizmati payshanba kuni TASSga xabar berdi.

“Rossiya hukumati yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan bir qator o‘zgarishlarni tasdiqladi. Endi xonadonlarning peshayvonlarida, yotoqxonalarning yashash xonalarida va mehmonxonalar ichida ochiq olovdan foydalanish qonunan taqiqlandi”, dedi agentlik suhbatdoshi. Shunday qilib, rossiyaliklar peshayvonda kabob pishira olmaydi, gulxan yoqishi va chekishi ham mumkin emas.

Yong‘inga qarshi yangi qoida 1 oktyabrdan kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан