Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Peskov: «Rossiyada kim hokimiyat tepasida bo‘lishini Bayden emas, balki ruslar hal qiladi»
27.03.2022 09:40,  
321

Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya Federatsiyasida kim hokimiyat tepasida bo‘lishini AQSh prezidenti Jo Bayden hal qilishi mumkin emas.

«Buni Bayden hal qila olmaydi. Rossiya prezidentini ruslar saylaydi», dedi u shanba kuni Reuters agentligiga Baydenning Varshavadagi nutqi chog‘ida aytgan so‘zlarini izohlar ekan.

Shanba kuni ertalab Varshavaga tashrifi chog‘ida Oq uy rahbari Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqida gapirar ekan, «bu odam hokimiyatda qola olmaydi» degan bayonot bilan chiqdi.

Oq uy, o‘z navbatida, keyinchalik Bayden Varshavadagi Ukraina atrofidagi vaziyatga bag‘ishlangan nutqida Rossiyada hokimiyatni almashtirishga chaqirmaganiga ishontirdi . «Prezident (Rossiya rahbari) Putinga qo‘shnilari va mintaqa ustidan hokimiyatni qo‘llashiga yo‘l qo‘yilmasligi kerakligini nazarda tutgan edi. U Putinning Rossiyadagi hokimiyati yoki rejim o‘zgarishini muhokama qilmagan», dedi Oq uy rasmiylari jurnalistlarga.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан