Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Peterburgda O‘zbekiston fuqarolari uchun «Ishga marhamat» moslashuv markazi ochildi
30.09.2020 16:13,  
197

Rossiyada bo‘lib turgan Bosh vazir maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov rahbarligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarolari uchun «Ishga marhamat» moslashuv markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Markazni ochish masalasi O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi, O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi mehnat masalalari bo‘yicha agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 17 avgust kuni tashqi mehnat migratsiya masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlarini bajarish doirasida ishlab chiqildi.

Markazning asosiy vazifalari Rossiya Federatsiyasida mehnat faoliyatini olib borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga ushbu mamlakatga moslashishi uchun huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, til bo‘yicha o‘quv dasturlari tashkillashtirish, turli tadbirlar (seminarlar, tushuntirish ishlari, ma’ruzalar va b.) o‘tkazishdan iboratdir.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан