Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Peugeot Citroën O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarmaydi
7.03.2020 10:52,  
1198

Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive (UzPCA) avtomobil zavodi loyihasi rasman yopildi. Bu haqda «O‘zavtosanoat» tasdig‘i asosida «Gazeta.uz» xabar berdi.

2017 yilning may oyida «O‘zavtosanoat» va Fransiyaning Peugeot Citroyon avtokonserni o‘rtasida Peugeot va Citroyon brendlari sotida yengil tijoriy avtomobillar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan edi. Xuddi shu yilning iyulida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida UzPCA ishlab chiqarish majmuasi poydevoriga kapsula qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Zavodni 2018 yil 10 dekabrida ishga tushirish rejalashtirildi. Biroq 18 dekabrda «O‘zavtosanoat» «boshlang‘ich ma’lumotlardagi ba’zi ko‘zda tutilmagan o‘zgarishlar munosabati bilan» avtozavod loyihasi qayta ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.

2019 yil fevralida «O‘zavtosanoat» raisi o‘rinbosari Azizbek Shukurov Uzbekistan Peugeot Citroyon Automotive zavodi texnologik jihatlarni hisobga olmaganda tayyor ekanini bildirdi.

Avvalroq esa «O‘zavtosanoat» va Volkswagen Group Rus Jizzax avtomobil zavodi negizida yengil tijoriy Caddy avtomobillarini ishlab chiqarish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 ming dona avtomobilni tashkil etadi.

«O‘zavtosanoat»dan «Gazeta.uz»ga ma’lum qilinishicha, Volkswagen Group Rus bilan qo‘shma loyiha uchun ajratilgan ishlab chiqarish maydonchalari «O‘zavtosanoat» mablag‘lariga qurilgan.

«Zavod qurilishiga Fransiyaning Peugeot Citroyon konserni mablag‘lari jalb etilmagan edi. Peugeot Citroën loyihasi yopildi», — dedi kompaniya vakili.

2020 yilda to‘rtinchi avlod Volkswagen Caddy (2015 yilda taqdim etilgan) avtomobillarini ikki modifikatsiyada: yetti o‘rinli yo‘lovchi universali va yuk tashuvchi furgon shaklida ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. 2021 yilda esa beshinchi avlod Caddy (2020 yil fevralida taqdim etildi) modelini to‘liq siklda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi lozim.

«O‘zavtosanoat»dan aniqlik kiritilishicha, Volkswagen avtomobillari O‘zbekistonda kichik uzelli yig‘ish uslubida (CKD) ishlab chiqariladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан