Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasi 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi
18.11.2020 20:11,  
158

Amerikaning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksinasi klinik tadqiqotlarning yakuniy bosqichida 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini ma’lum qildi.

Kompaniya bir hafta avval vaksina samaradorligi 90 foizni tashkil etganligini bildirgandi.

Tadqiqotda 43 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan. Ularning 170 nafarida vaksinatsiyadan so‘ng koronavirus yuqtirish holati aniqlangan.

Vaksinaning nojo‘ya ta’sirlari kuchli charchoq (3,8 foiz kishida) va bosh og‘rig‘i (2 foiz) bo‘lganligi aytilmoqda.

16 noyabr kuni Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan vaksina samaradorligi 94,5 foizni tashkil etganligini ma’lum qilgandi.

Pfizer va Moderna vaksina sinovlarining uchinchi, yakuniy bosqichini iyul oxirida boshlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан