Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pfizer o‘zining COVID-19’ga qarshi vaksinasini AQShda soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi
21.11.2020 13:12,  
51

Pfizer dekabr oyining o‘rtalarida FDA ruxsatini olishni kutmoqda va kompaniya vaksinani darhol yetkazib berishga tayyor. 2020 yil oxirigacha Pfizer 25 million kishini emlash uchun mo‘ljallangan 50 million dozadagi vaksinani ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

«Kommersant’»ning xabar berishicha, ruxsat olinganidan keyin vaksina bilan yuqori xavf guruhidagi odamlarni 2020 yil dekabr oyi o‘rtalarida yoki oxiriga qadar emlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, kompaniya Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarda ham vaksinadan foydalanishga ruxsat olish uchun tegishli idoralarga murojaat qilmoqchi.

Reuters manbalariga ko‘ra, FDA 8—10 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Pfizer vaksinasini muhokama qilmoqchi. Agentlikning suhbatdoshlari belgilagan sanalar o‘zgarishi mumkinligini aytgan.

Vaksinani soddalashtirilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rov FDA’ga yuborilganligi haqidagi xabardan so‘ng, Pfizer aksiyalari 2 foizga o‘sdi. Pfizer bilan birga vaksinani ishlab chiqayotgan Germaniyaning BioNTech kompaniyasi aksiyalari esa 5 foizga o‘sdi.

Vaksinaning narxi bir doza uchun 20 dollardan oshmaydi. Vaksina barcha yosh, irq va millat uchun bir xil. Kompaniyalar Rossiyada ham vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza bermoqchi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан