Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Sof.uzda muammosi yoritilgan farg‘onalik Ma’murjon Azizov noyabrda Toshkentda yakka piket o‘tkazmoqchi
31.10.2019 20:46,  
698

O‘tgan yili noyabr oyida saytimizda “Farg‘onalik o‘ndan ortiq prokuror nega sakkiz yildan beri bir jinoyat ishini berkitib kelmoqda? (video)” sarlavhali xabar berilgan edi. Unda Farg‘onaning Bag‘dodida yashovchi fuqaro Ma’murjon Azizov muammosi yoritilgan.

Xabarning qisqacha mazmuni: soxta hujjatlar asosida qonunlarni chetlab o‘tib besh yuz kishi ishlovchi korxonani asl bahosidan yetmish barobar arzonga sotib olgan mansabdorlarning qilmishlari va bu borada xulosa allaqachon berilganiga qaramasdan prokurorlar mutlaqo e’tiborsiz qoldirayotganligidir (batafsil o‘qing).

Ma’murjon Azizov ishi Sof.uzdan tashqari Fayzbog.Uz va VVS O‘zbek manbalarida ham yoritildi. Uning bizga yozgan oxirgi maktubiga qaraganda shu yilning may oyida prokurorlar uni yana aldagan. Shu bois u endi noyabr oyining beshinchi kunida Toshkent shahrida norozilik piketini o‘tkazmoqchi.

Ma’murjon aka Sof.uz bilan suhbatda piket o‘tkazishidan maqsad prokurorlar ochiq-oydin ko‘rinib turgan ishni yopti-yopti qilayotganiga davlat e’tiborini qaratish ekanligini aytdi.

“Biz prokuratura organlariga umuman ishonmaymiz. Shuning uchun bizning talabimiz komissiya tuzilib, bu prokurorlar davlat mulkini talon-toroj qilish jinoyatini yopib kelayotganligiga qonuniy chora ko‘rishni talab qilamiz va biz davlat korxonasiga uyimizni qurib berish uchun bergan pullarimizga uyimizni qurib berishini va qarzga bergan qurilish materiallarimizni qaytarib berishini talab qilamiz”, deb yozgan u xatda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан