Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Piskent tumaniga yangi hokim, prokuror, IIB va DSI boshlig‘i tayinlandi (foto)
16.09.2020 11:34,  
977

Toshkent viloyati Piskent tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 12-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, sessiyada Rixsiyev Rahimjon Mirkadirovich Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
R.Rixsiyev mehnat faoliyati davomida iqtisodiyot va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

Ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Rahimjon Rixsiyev Toshkent viloyati hokimining yordamchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Shuningdek, sessiyada Piskent tumani prokurori, ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, soliq inspeksiyasi boshlig‘i ham lavozimidan ozod etilib, yangi tarkibda ish boshlagan sektor rahbarlari tanishtirildi.

Piskent tumanining yangi «to‘rtligi» bilan tanishing:

Rixsiyev Rahimjon Mirqodirovich - Piskent tumani hokimi vazifasini bajaruvchi

 

Jo‘rayev Alisher Ashuraliyevich - tuman prokurori

 

Meliyev Shuhrat Akmalovich - tuman IIB boshlig‘i

 

Sayfiyev Jasur Ravshanovich - DSI boshlig‘i.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан