Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Piskent yo‘llaridagi beton to‘siqlar olib tashlanmoqda (foto)
20.05.2020 13:30,  
184

Olmaliq shahriga Toshkentdan kirib kelaverishdagi (Piskent tumani, “Namuna” MFY hududida) 300 metrlik avtomobil yo‘li o‘rtasidagi beton to‘siqlar olib tashlanib, o‘rniga balandligi 30 santimetr, eni 3 metrli beton plitalar yotqizilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar qilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Xabarga ko‘ra, Ohangaron tumani “Yo‘llardan foydalanish” unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur ishlarning buyurtmachisi Toshkent viloyati “Mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” DUK va qurilish qiymati 783 million so‘mni tashkil etadi.

Vazirlar Mahkamasining 32-sonli bayonnomasi ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan mazkur ishlar doirasida 300 metrlik yo‘lning har ikki tomoniga jami 16 ta temir beton ustun ham o‘rnatilib, yoritish chiroqlari bilan ta’minlanadi.

Ohangaron tumani “Yo‘llardan foydalanish” korxonasining vakili D.Mirzakimov yo‘llarning o‘rtasidan olib tashlanayotgan beton plitalardan Sardobadagi qurilish ishlarida foydalanilishini ma’lum qilgan.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Avval Sirdaryoda suv toshqinidan zarar ko‘rgan 1,8 mingga yaqin kottej davlat hisobidan bepul ta’mirlanishi, shu maqsadda O‘zbekistonning barcha hududlaridan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari boshchiligida 305 ta qurilish tashkiloti va 12 mingga yaqin quruvchi Sirdaryoga yetib borgani xabar qilingandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан