Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Piter Xyuistra: "Klub rahbariyati jamoani Shotadan keyin qabul qilishni so‘raganidan faxrlanaman"
17.01.2021 14:39,  
82

"Paxtakor" bosh murabbiyiga aylangan Piter Xyuistra o‘zining tayinlanishi, tarkib, yig‘in va jamoa ishqibozlari xususida fikrlarini bildirdi.

"Paxtakor" bosh murabbiyi bo‘lganimdan xursandman va klub rahbariyati jamoani Shotadan keyin qabul qilishni so‘raganidan faxrlanaman. Ular men bilan "Paxtakor" oxirgi uch yarim yilda amalga oshirgan rivojlanish yo‘lini davom etishini bilishadi. Men buni davom ettiraman, o‘yin uslubimiz saqlanib qoladi, ehtimol yaxshiroq ham bo‘ladi. Bu futbolchilar uchun ham yaxshi, chunki biz ishlab kelgan yo‘limizda davom etamiz.

Yanvar hamisha futbolchilar jamoalarini almashtiradigan davr. "Paxtakor"da ham har yili kimdir ketadi va boshqalar keladi. Faqat ketgan o‘yinchilar o‘rnini yaxshi saviyadagi futbolchilar bilan to‘ldirish kerak. Bu o‘ziga xos sinov. Bu yil ham shunday.

Futbolchilar yaxshi dam olishdi va ta’tildan qaytishdi. Ular dam olish davrida ham ma’lum hajmda ishlashdi. Endi birgalikda chempionatni boshlash uchun tayyorgarlik ko‘ramiz. Shuningdek, Osiyo Chempionlar Ligasiga yaxshi holatda hozir bo‘lishga intilamiz.

Bu yerda o‘tkazgan davrimda ko‘plab muxlislar bilan tanishdim, ular bilan yaxshi munosabatdaman. Umid qilamanki, kelayotgan mavsumda ham ular bilan aloqalarimiz yaxshi bo‘ladi. Biz ulardan qo‘llab-quvvatlash olamiz. Bu juda muhim. Futbol klubi ham aslida ishqibozlar degani. Birgalikda ajoyib mavsum o‘tkazamiz deb umid qilaman, - deydi Piter Xyuistra "Paxtakor" matbuot xizmatiga.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан