Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylari tashkil etiladi
3.12.2021 17:54,  
213

Prezident farmoni bilan 2022−2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unga muvofiq quyidagilar ko‘zda tutilmoqda:

yo‘l harakati xavfsizligi qoidalarini muntazam ravishda qasddan buzuvchilarga, og‘ir oqibatlarga olib kelgan yo‘l-transport hodisalarini sodir etganlarga nisbatan javobgarlik choralarini kuchaytirish, shu jumladan transport vositasini boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilish;

«Yo‘l — piyoda uchun» tamoyilini keng joriy etish;

qoniqarsiz holati YTHga, ayniqsa o‘limga olib kelgan yo‘l yoki muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ob’yektlari tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar yoki organ rahbarlaridan moddiy zararni undirish tartibini joriy etish;

piyodalar uchun yangi turdagi o‘tish joylarini tashkil etish;

shahar va tumanlarning aholi gavjum joylarida piyodalar yo‘laklariga piyodalar boshqaradigan svetoforlar o‘rnatish;

jamoat va maxsus transport uchun alohida harakatlanish yo‘l polosasi va zamonaviy velosiped yo‘lkalarini tashkil etish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан