Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Plastik shaklidagi yangi kadastr pasportining namunasi taqdim etildi 
3.03.2020 16:46,  
847

O‘zbekiston Respublikasining yangi shakldagi kadastr hujjati NFC — smart chipi o‘rnatilgan plastik kartadan iboratdir. U eski uslubdagi kadastr pasportidagi barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, interaktiv davlat xizmatlarining yagona portaliga ulanish imkoniyatiga egadir, deyiladi Yer tuzish, geodeziya, kartografiya va davlat kadastr qo‘mitasi xabarida.

“Ushbu texnologiyaning afzalliklari orasida kommunal to‘lovlarni yangi kadastr kartasi orqali to‘lash imkoniyatini ta’kidlash mumkin, bu to‘lovlarni amalga oshirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi va kommunal instansiyalarning ish samaradorligini oshiradi”.

Foto: Davlat kadastr qo‘mitasi

Ma’lum qilinishicha, kommunal xizmatlarni mulk bilan bog‘liqligi ularni hisoblash va to‘lash sohasidagi islohotlarni o‘sishini ta’minlaydi.

Foto: Davlat kadastr qo‘mitasi

Avvalroq, “Ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasi:

– Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020 yil 1 martdan boshlab;

– Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa – 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан