Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poyezd g‘ildiragiga nima o‘rnatilgan edi?
1.03.2021 21:54,  
776

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona postida Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda  narkotik moddalarning noqonuniy olib o‘tilishining oldi olindi.

Qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk poyezdi vagonlarini ko‘zdan kechirish davomida yog‘ mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan sisterna g‘ildiragining ichki tomonidagi ko‘z ilg‘amas bo‘shlig‘iga 1 dona o‘ram mohirlik bilan yashirib qo‘yilganligi fosh bo‘ldi.

Mazkur o‘ram ochib ko‘rilganida esa, uning ichida 61,7 gr. og‘irlikdagi “marixuana” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deya xabar beryapti Davlat Bojxona qo‘mitasi rasmiy veb-sayti.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан