Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poyezd tagiga yotib olgani bilan tanilgan 37 yoshli andijonlik TikTok’chi bu safar “Motamsaro ona” haykaliga hurmatsizlik qildi
19.05.2021 12:25,  
337

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda yurib ketayotgan poyezd tagiga yotib olib, noodatiy chiqish qilgan TikTok’chining videosi tarqalgan edi. Ushbu shaxs tezkorlik bilan aniqlanib, 1984 yilda Andijon shahrida tug‘ilgan fuqaro bo‘lib chiqqan. 

Ayni paytda ushbu shaxsning navbatdagi videosi ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirildi. 37 yoshli, 3 nafar farzandning otasi bo‘lgan TikTok’chi bu safar internet yulduziga aylanish uchun Andijondagi “Motamsaro ona” haykaliga hurmatsizlik qildi.

“Onaxonning quchog‘ida yotibman. Kimligini bilmayman, sen taniysanmi? Men ham tanimayman”, -degan u videoda.

Bu safar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik)  bilan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Zafarbek Kimsanov yana barchadan qilgan ishi uchun uzr so‘radi va qayta bunday ish qilmaslikka va’da berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан