Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi
27.02.2019 13:11,  
7

Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

“Samolyotlardan biri Ozod Kashmir hududiga, boshqasi esa nazorat chizig‘iga quladi”, - deb yozdi o‘zining Twitter sahifasida Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif G‘ofur.

Urib tushirilgan samolyotlar uchuvchilardan biri hibsga olingan.

Pokiston TIV Islomobod o‘z-o‘zini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini ma’lum qildi.

Nyu-Dehli va Islomobod munosabatlari keskinlashgan. Tomonlar o‘rtasida siyosiy, tarixiy va hududiy, xususan, Kashmir viloyatining maqomi yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud.

Kashmir – bahsli hudud. U yerda mustaqillikka erishish yoki Pokistonga qo‘shilish tarafdori bo‘lganlar faol harakat qilishmoqda.

Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurolli tarafdorlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda, Islomobod esa aybdovni rad etmoqda.

​Mamlakatlar o‘rtasidagi nizo 14 fevraldan so‘ng yanada keskinlashdi. Xudkush terrorchi Hindiston harbiy politsiyasi kolonnasi yonida o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 45 kishi halok bo‘ldi. “Jaysh-a-Muhammad”  guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmisiga oldi. 26 fevral kuni Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jaysh-a-Muhammad” guruhining yirik mashg‘ulot lageriga zarbalar berdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан