Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pokistonda birja binosiga terrorchilar hujum qildi
29.06.2020 15:08,  
90

Karachi shahridagi Pokiston fond birjasi binosiga to‘rt qurolli shaxslar hujum qildi. Bu haqda mahalliy GeoTV kanali xabar bermoqda. Telekanal ularni terrorchilar deb atadi. Politsiya hujum qilganlardan kamida ikkitasini o‘ldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Dunya News portali yozishicha, uch kishi halok bo‘lgan: hujum qilganlardan ikki nafari va bitta politsiya xodimi. Hujumchilar birja binosining asosiy kirish qismida granatani portlatishdi, shundan so‘ng ular o‘q otib, binoga kira boshladilar. Bino ichidagi odamlar orqa eshikdan evakuatsiya qilingan.

Atrofni politsiya qurshab olgan. Huquq-tartibot idoralari bergan bayonotga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari uchta terrorchini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishgan, bittasi binoda qolib, o‘t ochishda davom etmoqda. Reuters mahalliy politsiyaga tayanib, to‘rt jangari o‘ldirilganini yozmoqda, ammo bu hujumchilar guruhi bo‘lgan-bo‘lmaganligi noma’lum. GeoTV ma’lumotlariga ko‘ra, kamida to‘rt soqchi va bitta politsiyachi o‘ldirilgan.

Mahalliy Jang nashrining xabar berishicha, hozir birja binosida sapyorlar jamoasi ishlamoqda. 

Birja direktori Abid Ali Xabibning so‘zlariga ko‘ra, hujumchilar avtomobillar to‘xtash joyiga bostirib kirishgan. Uning ta’kidlashicha, o‘q ovozi eshitilgach, binoda vahima boshlangan.

Pokiston fond birjasining (PSX) asosiy egasi tarkibida Shanxay moliyaviy fyucherslar birjasi (CFFEX), Shanxay fond birjasi (SSE) va Shenchjen fond birjalari kiruvchi Xitoy birjalar konsorsiumi hisoblanadi. Yil boshida, inqirozdan oldin, PSX'dagi savdo hajmi 50 milliard dollardan oshar edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан