Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pokistonda jamoat namozlariga qaytadan ruxsat berildi
19.04.2020 18:16,  
1094

Musulmanlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadigan Pokistonda koronavirus xavfi sababli masjidlarda jamoat bilan namoz qilishlik ta’qiqlangan edi. Lekin virusning tarqalishini oldini olish uchun belgilangan choralarga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqida  Euronews nashri xabar bermoqda.

Endilikda pokistonliklar masjidlarda jamoat namozi qilishlari mumkin. Pokiston prezidenti Arif Alvi mamlakatdagi ulamolar bilan kelishgan holda ushbu qarorni e’lon qildi. 

Ramazon oyining boshlanishidan bir hafta avval olingan ushbu qarorda prezident «masjidlarda kerakli himoya tadbirlari olinishi sharti bilan jamoat namozlariga izn beriladi» deb aytgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra Pokistonda 8 ming kishida koronavirus aniqlangan. Ushbu virusdan vafot etganlar soni esa 143 kishini tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан