Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pokiston O‘zbekistonning 6 ta tibbiyot OTMlari diplomini tan olmadi.Pokistonlik talabalar esa bundan norozi
9.01.2021 09:11,  
479

  Pokiston poytaxti Islomobod shahrida yuzlab shifokor va talabalar O‘zbekiston va Qirg‘iziston OTMlarida olingan diplomlarni tan olishni talab qilib, ikki kun davomida namoyishlar uyushtirdi. Bu haqida “24.kg” xabar bermoqda.
  Xabarda aytilishicha, 7-yanvar kuni ikki mingga yaqin tibbiy o‘quv yurtlarini tugatgan o‘quvchi va talabalar Pokiston tibbiy komissiyasi binosi oldida yig‘ilgan. Bundan bir kun avval politsiya namoyishchilarni dubinka va vodomyotlar bilan tarqatib yuborgan.
  Ayrim namoyishchilar politsiyachilarga tosh otganiga qaramay, hodisa vaqtida jiddiy jarohatlanganlar qayd etilmagan. Ayrimlar qo‘lga olinib, keyinroq qo‘yib yuborilgan.
  Norozilik kelib chiqishiga Pokiston tibbiy komissiyasining 21 ta qirg‘iz va 6 ta o‘zbek OTMlarining talabga javob bermaydi deb topgani va ushbu o‘quv dargohlarining diplomlarini qabul qilmaslikka qaror qilgani sabab bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан