Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pokistonning “Evolve Business Insight” jurnali O‘zbekiston haqida maxsus son chop etdi
12.02.2020 17:40,  
194

Pokistonning har oylik biznes jurnali “Evolve Business Insight”ning O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus soni nashr etildi deb xabar beradi Dunyo axborot agentligi.

Maxsus son jurnalning bosh muharriri M.Ijoz tomonidan mamlakatimizning Islomoboddagi elchixonasi ko‘magida tayyorlangan.

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi F.Sodiqovning jurnalga bergan intervyusida diplomat hozirgi iqtisodiy rivojlanish, mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati haqida o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan.

Jurnal, shuningdek, O‘zbekiston Jahon bankining Doing Business 2020 reytingida yetti pog‘ona yuqoriga ko‘tarilib, 20ta islohotchi davlatlar qatoridan joy olganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettirdi.

O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga e’tibor qaratgan holda, muallif respublika hududida Islomdan avvalgi va islomiy madaniy merosning 7 mingdan ortiq ob’yektlari mavjudligini, ularning 300 dan ortig‘i Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz va boshqa shahar-muzeylarida joylashganligini ta’kidlaydi. Ularning barchasi YuNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shu munosabat bilan ushbu sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Mavzuga doir: Forbes jurnalining O‘zbekistondagi nashriga kim bosh muharrir bo‘ladi?

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан