Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Po‘lat Bobojonov Qoraqalpog‘iston IIV bo‘lim boshliqlarini ishdan oldi
16.02.2020 01:43,  
3101

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Qoraqalpog‘istonda ichki ishlar faoliyatiga bag‘ishlangan majlis o‘tkazdi va bir necha rahbarlarni lavozimidan bo‘shatdi, deb xabar qilmoqda IIV matbuot xizmati.

“O‘z xizmat vazifalarni bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani va xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uchun”, - deyilgan xabarda.

Qoraqalpog‘iston IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i R.Yeshimbetov, Probatsiya bo‘limi boshlig‘i P.Seytmuratov va Yo‘l-patrul xizmati otryadi komandirining o‘rinbosari A.Masharipovlar ishdan bo‘shatildi.

Shuningdek Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘i M.Xojamuratov, To‘rtko‘l tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Mansurov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari B.Isakov, Nukus shahar 4-son IIB boshlig‘i M.Utemuratov, Qo‘ng‘irot tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi katta inspektori R.Kalandarovlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi.

Undan tashqari Qoraqalpog‘iston IIV harbiy safarbarlik bo‘limi boshlig‘i D.Tadjimov, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i X.Ochilov, Qonliko‘l tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Paluanov, Xo‘jayli tumani IIB boshlig‘ining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O.Nuraddinov, Xo‘jayli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i A.Sariyevlarning har biriga intizomiy jazolari qo‘llanildi.

IIV xabarida aytilishiga ko‘ra, 2019 yil natijalariga ko‘ra Qoraqalpog‘iston umumiy jinoyatlar soni 5% foizga, qotillik, og‘ir tan jarohati yetkazish, talonchilik, o‘g‘irlik, nomusiga tegish, avtotransport qurollarini olib qochish kabi og‘ir jinoyatlar soni  18 %ga kamaygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан