Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Polsha prezidenti: Rossiya ishonchga loyiq emas
25.02.2020 08:29,  
566

Polsha prezidenti Andjey Duda Rossiyaning ishonchga loyiq emasligini aytdi. U bu haqda dushanba kuni Sieci bilan bo‘lgan intervyusida aytib o‘tdi.

Andjey Duda Rossiyani Ukrainadagi Qrim, Donetsk va Lugansk hududlarini okkupatsiya qilishda davom etayotgan tajovuzkor davlat, deb atadi.

Rossiya separatistlarni qo‘llab-quvvatlaydi va boshqa davlatlarga nisbatan tajovuzkor munosabatdadir. U osmondagi havo bo‘shlig‘ini buzgan holda o‘z kuchini namoyish qilmoqda. Yuqoridagilarni inobatga olsak, Rossiya ishonchli va tinchlik yo‘li bilan amalga oshiradigan davlat emas, dedi Duda.

Polsha rasmiylari muntazam ravishda Rossiyaga qarshi ayblovlar taqdim etadi va go‘yo Moskva xalqaro xavfsizlikka tahdid solayotganini ta’kidlamoqda.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Myunxen Xavfsizlik konferensiyasida, "Rossiya tahdidi" degan xayolotini ishlab chiqishni to‘xtatishga va 1975 yildagi Xelsinki yakuniy aktidagi  "xavfsizlikning teng huquqli ajralmaslik prinsipi", 1990 yildagi yangi Yevropa uchun Parijning xartiyasidagi deklaratsiyasi hamda 2010 yildagi YXHT Ostona sammiti deklaratsiyalarining asosida Yevropada xavfsizlik masalalari bo‘yicha muloqotni mustahkamlashga chaqirdi. 

Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, vaziyat keskinligining avj olishida, NATOning harbiy infratuzilmasining sharqqa ko‘tarilishi va Rossiya chegaralarida misli ko‘rilmagan mashqlar o‘tkazilishi natijalarida mudofaa byudjetlarini haddan tashqari oshirilishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан