Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Polshada 18 yillik qamoqdan so‘ng aybsiz deb topilgan odamga 3,5 million dollar tovon puli to‘landi
9.02.2021 12:10,  
447

Polshada yashovchi Tomash Komenda 18 yil ozodlikdan mahrum qilingan edi. Yaqinda uning aybsizligi ma’lum bo‘ldi va unga deyarli 13 million zlotiy (3,5 million dollar) to‘lab berildi, deya xabar qilmoqda «RIA Novosti».

O‘n sakkiz yil oldin Polshaning kichik bir shahrida 15 yoshli qiz vafot etgan. U zo‘rlangani va sovuqda qoldirilgani aniqlangan. Ushbu jinoyat uchun 23 yoshli Komenda aybdor deb topilgan. U 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Yaqinda ushbu jinoyat ishida mahkumning aybsizligini isbotlovchi ekspertiza natijalari paydo bo‘ldi. Natijada Tomash Komenda qotillik va zo‘rlashda aybsiz deb topildi va 18 yillik qamoqdan so‘ng jazoni o‘tashdan ozod qilindi.

Ozodlikka chiqqandan keyin Komenda davlatdan sud orqali tovon puli talab qilishga qaror qildi. Unga 18 million — qamoqda o‘tkazgan har yili uchun bir million zlotiy (taxminan, 4,8 million dollar) tovon puli to‘lash belgilandi.

RMF FM portalining xabar berishicha, Opole viloyat sudi 8 fevral, dushanba kuni Komendaga 12 811 533 zlotiy kompensatsiya va tovon puli to‘lashga qaror qilgan. Sud majlisi yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar qizning o‘limining haqiqiy aybdorlarini topishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning har biri 25 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан