Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pora bilan qo‘lga tushgan «Xorazm hududiy elektr tarmoqlari» sobiq bosh direktori 8 yilga qamaldi
31.12.2021 08:53,  
168

«Xorazm hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» sobiq bosh direktori Murodboy Bazarimbetov pora olishda gumon qilinib, hibsga olingani haqida 2021 yil 8 yanvar kuni ma’lum qilingandi.

Qayd etilishicha, Bazarimbetov o‘rtaga ishonchli odamini qo‘yib, yonilg‘i quyish shoxobchasini elektr tarmog‘iga ulab berish uchun tadbirkordan 20 ming AQSh dollari so‘raganlikda gumonlangan. Keyinchalik bu qiymat 15 mingga tushirilgan.

Shundan so‘ng tadbirkor deputatga shikoyat qilgan. U esa o‘z navbatida huquq-tartibot idoralarini xabardor qilgan.

Ular maxsus tadbirda o‘rtadagi shaxsni hamkorlik qilishga ko‘ndirgan. 24 dekabr kuni o‘rtadagi ishonchli shaxs pulni Bazarimbetovning kabinetiga kiritib berganidan so‘ng, huquq-tartibot idoralari xodimlari rahbarni qo‘lga olgan.

Tezkor tadbirda o‘rtadagi shaxs va rahbarning muloqoti yozib olingan. Audioyozuvlarda rahbarning o‘rtadagi shaxsga qarata aytgan «Pulning hammasini berdimi? Hammasini oldingmi? Mana bu tumbochkaga qo‘y», degan so‘zlari bor.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан