Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Porsche o‘zining ilk elektr transport vositasini taqdim etadi
6.09.2019 18:17,  
14

Porsche kompaniyasi soatiga 260 km/s gacha tezlasha oladigan ilk «Taycan» elektr avtomobilini ikkita variantda taqdim etdi. Kompaniya bir necha yil ichida elektr transporti texnologiyasiga 6 milliard yevrodan ko‘proq sarmoya kiritishni rejalashtirganini ham ma’lum qildi.

Taycan bir vaqtning o‘zida Shimoliy Amerika, Xitoy hamda Yevropada maxsus tashkillashtirilgan tadbirlarida namoyish eiltgan. Forbes.ruʼning xabar berishicha, Taycan  bir haftadan so‘ng Frankfurtdagi avtosalonda omma e’tiboriga taqdim etiladi.

Porsche allaqachon bozorda ikki xil variantda sotiladigan  — Taycan Turbo S hamda Taycan Turbo elektromobillari uchun buyurtmalar olishni boshlagan. Birinchi mashina egalari o‘z avtomobillarini kelgusi yildan olishlari mumkin. 

Taycan Turbo S Launch Control —  tezkor ishga tushirish rejimlari va Overboost — quvvatni qisqa vaqt ichida oshirish rejimlari bilan ta’minlangan, bunda u 2,8 soniyada 100 km/s gacha tezlashadi. Taycan Turbo esa 100 km/soat tezlikni 3,2 soniyada ta’minlaydi. Ikkala versiyaning maksimal tezligi soatiga 260 km.

Turbo S bir marta to‘ldirilgan batareya bilan 412 km yo‘l bosa oladi, Turbo esa 450 km. Yo‘lovchi bo‘lmasi tagida joylangan batareyaning quvvati 93,4 kVt soatni tashkil qiladi.

Porsche 2022 yilga kelib elektr avtomobil texnologiyalariga - elektr avtomobillari, gibrid avtomobillar va ularga xizmat ko‘rsatish sohalariga 6 milliard yevrodan ko‘proq mablag‘ sarflashini ta’kidladi. Bu yil oxirida Taycan sedanining arzonroq versiyalari, keyingi yil oxirida esa Taycan Cross Turismo yo‘ltanlamasi ham paydo bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан