Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poytaxtda 20 ta — Oloy, Qo‘yliq, Farhod va boshqa bozorlar sotiladi
3.11.2021 08:43,  
162

“Bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda ulardagi davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qonun loyihasida vazirliklar, davlat idoralari va mahalliy hokimliklarga tegishli bozorlardagi ulushlarni bosqichma-bosqich sotish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, bozorlar faoliyati bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish bo‘yicha hududiy komissiyalar tuziladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ular aniqlangan muammolarni hal qilish bo‘yicha yo‘l xaritalarini tayyorlaydi.

Bundan tashqari, bozor va savdo komplekslari bo‘yicha davlat ulushlarini sotish sharti sifatida ularni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, zarur infratuzilmani shakllantirish, ularda ko‘rsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, dehqon, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish yuzasidan talablarni ishlab chiqadi.

Qayd etilishicha, komissiyalarga bozorlarni sotishga tayyorlash va ularni auksionga qo‘yishda ko‘maklashish maqsadida bozor va savdo markazlarini boshqarish boshqarmasi tashkil etiladi. Zarur hollarda bozorlarni baholashga professional auditorlar va maslahatchilar jalb qilinadi.

Qonun loyihasining ilovasida xususiylashtirish rejalashtirilayotgan bozorlar va savdo majmualari ro‘yxati keltirilgan. Ro‘yxatga 61 ta band kiritilgan bo‘lib, ulardan 20 tasi Toshkent shahrida.

Jumladan, Oloy, Chilonzor, Yunusobod, Mirobod, Qo‘yliq, Farhod bozorlari, Askiya va Eski-juva dehqon bozorlari, shuningdek, Chilonzor, Chorsu, O‘rikzor va Bek-to‘pi savdo kompleksi.

Shuningdek, farmon bilan 12 ta bozorni yopish ko‘zda tutilgan. Ular Buxoro, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlaridagi bozorlar.

Ma’lumot uchun, muhokama 16 noyabrgacha davom etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан