Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poytaxtda ikki nafar 17 yoshli litsey o‘quvchilari dahshatli avtohalokat natijasida vafot etdi
4.01.2018 15:04,  
5

Poytaxtning Yakkasaroy tumanida 17 yoshli «Spark» avtomobili haydovchisi «Captiva» avtomobiliga to‘qnashib ketgan. Avtohalokat natijasida haydovchining o‘zi va uning yonidagi yo‘lovchi vafot etishgan.

2017 yilning 29 dekabr kuni, taxminan soat 00:30 da Yakkasaroy tumani hududida natijasi o‘lim bilan yakunlangan avtohalokat sodir bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB YHXBda berilgan xabarga ko‘ra, O‘zDJTU qoshidagi akademik litseyning 2000 yilda tug‘ilgan 3-bosqich talabasi bironta hujjatga ega bo‘lmay «Spark» avtomobilini boshqargan. Uning yonida yo‘lovchi sifatida 2000 yilda tug‘ilgan akademik litseyning 3-bosqich talabasi va 1999 yilda tug‘ilgan O‘zDJTU qoshidagi akademik litseyning 2-bosqich talabasi ham bo‘lgan.

Ehtiyotsizlik bilan yosh haydovchi 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqarib ketayotgan «Captiva» rusumli avtomobilga to‘qnashib ketgan.

Avtohalokat natijasida «Spark» avtomobili haydovchisi va uning yonidagi 2000 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi voqea joyida vafot etishgan. 18 yoshli yo‘lovchi esa turli xil jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан