Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poytaxtda ikki "Sobalt" to‘qnashuvi oqibatida biri ag‘darilib ketdi
8.03.2021 11:46,  
135

Joriy yilning 7 mart kuni soat 23:55larda “102” tizimiga kelib tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasida haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan O.B. “Kobalt” rusumli avtomobilda harakatlanayotgan vaqtda boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketib simyog‘ochga urilgan va o‘z yo‘lida harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1955 yilda tug‘ilgan A.Sh. boshqaruvida bo‘lgan yana bir “Kobalt” rusumli avtomobilga to‘qnashgan.

Natijada, haydovchi O.B. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 29 yoshli Sh.E., 30 yoshli S.Yu., hamda haydovchi A.Sh. va uning boshqaruvida bo‘lgan avtomobil yo‘lovchisi 27 yoshli V.Sh.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur to‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda deyiladi axborotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан