Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Poytaxtda muzlama sabab 6 ta avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashdi
22.01.2021 19:50,  
229

Joriy yilning 22 yanvar kuni soat 17:00larda, Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod ko‘chasida joylashgan “Anjir” kafesi ro‘parasida, haydovchi, 2001 yilda tug‘ilgan X.X. “Neksiya-2” rusumli avtomobilda harakatlanayotib tezlikni pasaytirgan vaqtida, uning ortidan kelayotgan:

1) 1996 yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi “Neksiya-3” rusumli;

2) 1977 yilda tug‘ilgan N.R. boshqaruvidagi “Epika” rusumli;

3) 1984 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli;

4) 1993 yilda tug‘ilgan A.V. boshqaruvidagi “Matiz” rusumli;

5) 1992 yilda tug‘ilgan I.R. boshqaruvidagi yana bir “Matiz” rusumli avtomobillar ishtirokida oldinma-ketin to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан