Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






PPX xodimlari do‘konni yopishni talab qilsa kimga murojaat qilish kerak?
25.07.2020 18:40,  
1270

Karantin rejimi vaqtida fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan kelib tushayotgan savol va murojaatlarga Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi, Vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Shohruh G‘iyosov javob bermoqda.

Savol: Meni Yunusobodda do‘konim bor. O‘tgan shanba, yakshanba kuni PPX xodimlari kelib do‘konni yopishimni aytishdi. Men do‘konlar faoliyatiga ruxsat berilganku, — desam meni gapimni eshitishni ham xohlashmadi. Agar dam olish kunlarida ham bu holat takrorlanadigan bo‘lsa, men qayerga murojaat qilishim kerak?

Javob: Aholi o‘rtasida koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 iyuldagi 34-son bayon qarori bilan 2020 yil 13 iyuldan 2020 yil 1 avgustga qadar respublika miqyosida qo‘shimcha ravishda karantin cheklovlari o‘rnatilgan hamda buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyati to‘xtatilishi belgilangan.

Shuningdek, faoliyatini olib borish uchun ruxsat etilgan oziq-ovqat do‘konlari esa karantin qoidalariga to‘liq rioya etishlari lozim. Respublika maxsus komissiyasi qarorlari ijrosini ta’minlash va nazoratini olib borish Ichki ishlar vazirligi zimmasiga yuklatilgan.

Agar, siz ichki ishlar organlari xodimining noqonuniy xatti-harakatlardan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki norozi bo‘lsangiz Ichki ishlar vazirligining 1102 raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан