Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident administratsiyasi 5 ta Mercedes Benz avtomobillarini sotuvga qo‘ydi
3.06.2021 16:04,  
543

Prezident ma’muriyatining transport bo‘limi bir nechta Mercedes Benz avtomobillarini kim oshdi savdosiga qo‘ydi.

Bular uchta Mercedes Benz E240, bitta Mercedes Benz E320 avtomobillari bo‘lib, barchasi texnik jihatdan xizmatga yaroqli. Avtomobillar qora rangda, 2003−2004 yillarda ishlab chiqarilgan. Yurgan masofasi 378 325 dan 854 240 km gacha.

Sotuvga qo‘yilgan ushbu avtomobillarning barchasi PPP avtoraqamlariga ega. Boshlang‘ich narxlar — 129,6 mln so‘mdan 136 mln so‘mgacha.

Shuningdek, kim oshdi savdosiga 1996 yilda ishlab chiqarilgan, yurgan masofasi 352 110 km ga teng bo‘lgan, oq rangdagi Mercedes Benz 412 D KA ham qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 188,1 mln so‘mga teng.

Barcha lotlar bo‘yicha arizalar 15 iyungacha qabul qilinadi, kim oshdi savdosi 17 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан