Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Andijonda barchani Ramazon hayiti bilan tabrikladi
22.05.2020 13:42,  
302

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyati va tumanlari hokimlari, iqtisodiyot tarmoqlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Prezident so‘zining boshida barchani Ramazon hayiti munosabati bilan muborakbod etdi.

Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, kambag‘allikni qisqartirish, ish o‘rinlari tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Andijon viloyatida 40 mingdan ziyod muhtoj oilalar borligi, sanoat loyihalari, qishloq xo‘jaligi va tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, o‘zini o‘zi band qilish hisobiga ularga daromad manbai yaratish zarurligi ta’kidlandi.

- Bosh vazir o‘rinbosarlari, hokimlar va sektor rahbarlari har bir kambag‘al oila muammolarini aniq bilishi, ular bilan manzilli ishlashi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Endi har bir sektorda «Kambag‘allikni qisqartirish shtabi» tashkil etilishi belgilandi. Bu shtablarga iqtisodiyot, moliya, mehnat, investitsiya, soliq idoralari va bank vakillari biriktiriladi. Ularning ish haqi miqdori erishilgan natijalarga bog‘liq bo‘ladi. Soliq idoralari tekshiruvchi emas, soliqchiga ko‘makchi bo‘ladi.

- Statistik raqamlar bilan shu paytgacha to‘g‘ri yo‘nalish qilib bo‘lmadi, xalqimiz manfaat ko‘rmadi. Takliflar tumanlardan, odamlarning o‘zidan chiqishi kerak. Vazirlar, rahbarlar kabinetda emas, hududlarda, uzoq qishloqlarda ishlashi zarur. Shunday og‘ir sharoitda fidoyi bo‘lmagan rahbar - xiyonatchi. Shu xalq uchun oylik olib yuribsizlar. Davlat idorasi vakili xalqqa qancha yaqin bo‘lsa, joylarda shuncha natija bo‘ladi, adolat mezoni ta’minlanadi, - deya ta’kidladi Prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан