Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha topshiriq berdi
14.02.2020 09:44,  
212

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirish, buning uchun zamonaviy infratuzilma yaratish masalasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi AQShda 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi.

Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida IT-parkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Hozirda u yerda axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha 350 ta mahalliy rezident-korxona faoliyat yuritib, 4 mingta mutaxassis ishlamoqda. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda “1 million dasturchi” loyihasini amalga oshirish boshlandi.

2020-2024 yillarda 14 ta hududda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining filialini tashkil etib, rezidentlar sonini 3 barobarga oshirish va xodimlar sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan. Buning natijasida kompyuter va dasturlash xizmatlari hajmi ham, eksporti ham ancha oshadi.

Yig‘ilishda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki hamda uning filiallarini qurish, yuqori texnologiyali infratuzilmalar yaratish masalalari muhokama qilindi.

IT-akademiya, IT-laboratoriya, Kovorking markazi, Mobil ilovalar ishlab chiqish markazi, Masofaviy axborot texnologiyalari markazini barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Davlat buyurtmasi asosida soha va tarmoqlar uchun zarur zamonaviy dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish mexanizmini yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Jahondagi tendensiyalar bilan hamqadam bo‘lib, yangi ishlanmalarni hayotga faol joriy etish, yetakchi texnoparklar bilan hamkorlikni rivojlantirish muhimligi qayd etildi.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki xodimlari hamda xorijiy mutaxassislar uchun ko‘p qavatli turar joy, mehmonxona, sport majmualari tashkil etish masalasiga ham e’tibor qaratildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан