Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Bosh prokuraturaga hokimlar faoliyatini qat’iy nazoratga olishni buyurdi
6.03.2020 18:25,  
1947

Avval xabar qilganimizdek, prezident Shavkat Mirziyoyev atrof-muhitni asrash va chiqindilarni boshqarish tartibini takomillashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining Atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi hamda 2019-2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish strategiyasi ijrosi qoniqarsiz deb topildi.

Prezidentimiz farmoniga muvofiq, davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy joriy qilingan edi. Lekin joylardagi rahbarlarning e’tiborsizligi oqibatida ayrim hollarda o‘simlik dunyosiga zarar yetkazildi. Bosh prokuraturaga ushbu masala bo‘yicha hokimlar faoliyatini qat’iy nazoratga olib, javobgarlik muqarrarligini ta’minlash topshirildi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida ekologik normalarga rioya etish masalalari ham tahlil qilindi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi laboratoriyalarida jihozlarning 65 foizi eskirgani ko‘rsatib o‘tildi. Havoga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish hajmining 60 foizi yoqilg‘i-energetika, 20 foizi tog‘-kon va metallurgiya sohasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bois tabiatni muhofaza qiluvchi texnologiyalarni qo‘llagan sanoat korxonalarini rag‘batlantirish, chang-gaz tozalash uskunalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shuningdek, sohadagi kadrlar siyosati keskin tanqid qilindi. Jumladan, malakali mutaxassislar, ilmiy-tadqiqot ishlari yetishmasligi, birorta oliy o‘quv yurtida ekologiya bo‘yicha maxsus fakultet yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Tadqiqotlarga grantlar ajratish, xorijda ilmiy xodimlar malakasini oshirish, sohaga innovatsion texnologiya va g‘oyalarni jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан