Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident: Bu yilgi saylovlar O‘zbekistonning mustaqilligini yanada mustahkamlaydi
1.09.2019 13:21,  
37

«O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida mamlakatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag‘ishlangan bayram tantanasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tabrik nutqi so‘zladi

Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida mamlakatdagi demokratik jarayonlar to‘g‘risida so‘z yuritdi.

«Bugun bir fikrni qat’iyat bilan ta’kidlashni zarur, deb bilaman: O‘zbekistondagi demokratik jarayonlar endi orqaga qaytmaydigan, muqarrar tus oldi», — dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining bayram nutqida bo‘lajak parlament saylovlariga ham to‘xtalib o‘tdi.

«Hammamizga yaxshi ma’lumki, oldimizda katta siyosiy voqea turibdi. Shu yil dekabr oyida mamlakatimiz parlamenti va mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Bu saylovlar milliy mustaqilligimizni yanada mustahkamlash, O‘zbekistonni dunyodagi rivojlangan, demokratik davlatlar qatoriga ko‘tarishda yana bir muhim amaliy qadam bo‘ladi.

Bu saylovlar butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizning orzu-intilishlarini ifoda etib, ular uchun yangi imkoniyatlar ochib beradi, deb ishonaman», deydi davlat rahbari.

Preziden shuningdek, yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ularga hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish hamisha e’tibor markazida bo‘lishini ta’kidladi.

«Bugungi kunda qancha-qancha bilimli, nufuzli xorijiy universitetlarda tahsil olgan, chet tillarni, zamonaviy boshqaruv usullarini yaxshi biladigan navqiron yoshlar hayotimizga kirib kelmoqda.

Ular bizning umidimiz, ertangi kunimiz. Shuning uchun yoshlarga keng yo‘l ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga yordam berish, ularga mas’ul lavozimlarni ishonib topshirish bundan buyon ham doimo e’tiborimiz markazida bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан