Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident Buxorodagi tabiiy ofat oqibatlari haqida gapirdi
5.05.2020 20:32,  
243

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 may kuni videoselektor yig‘ilishi avvalida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga hamda Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida yuz bergan favqulodda hodisalarga yana bir bor alohida to‘xtalib o‘tdi. Prezident, jumladan, shunday dedi:

Bu yil insoniyat uchun, shu jumladan biz uchun juda og‘ir keldi. Keyingi bir haftaning o‘zida xalqimiz ketma-ket kutilmagan sinovlarga duch keldi.

27 aprel kechasi Buxoro viloyatida, ayniqsa, Olot va Qorako‘l tumanlarida yuz bergan og‘ir tabiiy ofatdan yaxshi xabardorsizlar.

Bu ofat viloyat bo‘yicha 38 mingdan ziyod aholi xonadonlari, 847 ta ijtimoiy soha ob’yektlariga, ekin maydonlariga zarar yetkazdi. Qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va infratuzilma sohalariga ham jiddiy talafot yetdi.

Biz tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf qilish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘ryapmiz. Hukumat komissiyasi tunu kun ishlamoqda. Bugungacha 70 foiz ijtimoiy ob’yektlar, 20 foiz aholi xonadonlarining tomi yopildi. Shuningdek, 5 ming kilometr elektr tarmoqlari, 1 ming 100 ta transformator ta’mirlanib, 286 ming aholining elektr ta’minoti tiklandi. Yakka tartibdagi uy-joylar ham ta’mirlanmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан