Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident DXXga yangi vazifa yukladi
28.01.2021 08:55,  
1697

O‘zbekistonda yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiqlashtirish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatildi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tildi- deb yozmoqda "Qalampir.uz"

“Bunday muammolarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarimizning takliflarini “mahallabay” o‘rganmoqda. Bugungi kunga qadar Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlari va poytaxtimizda 50 mingga yaqin yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi. Bildirilgan taklif va istaklar asosida tuman va shaharlar kesimida yoshlar dasturlari tasdiqlandi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident ushbu dasturlarning ijrosi yoshlarning ijtimoiy muammolarini tizimli o‘rganish va muvofiqlashtirish vazifasi Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklatilganini qo‘shimcha qildi.

Qayd etilishicha, joylardagi o‘rganishlar yoshlar o‘rtasida muammolarni aniqlash va tizimli hal etish borasida haligacha ko‘plab kamchilik va muammolar saqlanib qolayotganini ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан