Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident ekoturizm va ov turizmini rivojlantirish kerakligini aytdi
4.09.2020 17:26,  
178

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha islohotlar natijadorligi tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Iqtisodiyotning resurs bazasini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ekologiyani yaxshilashda o‘rmon xo‘jaligi juda muhim o‘rin tutadi.

Shuning uchun ham oxirgi uch yilda bu sohani jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, mamlakatimiz o‘rmon fondi yerlari 12 million gektarga yetkazildi.

Shuningdek, o‘rmonlar sayyohlar uchun ham qiziq ekanligi aytildi.

"O‘tgan yili ekoturizm va ov turizmidan jami 1 milliard so‘m tushgan. Lekin bu kam. Bo‘stonliq tumanidagi yangi tizim o‘rmon hududlarida turizmni rivojlantirish bo‘yicha juda katta zaxiralar mavjudligini ko‘rsatdi. Misol uchun, «Burchmulla» o‘rmon xo‘jaligida xususiy sheriklik asosida 300 o‘rinli ekoturizm maskani barpo etilmoqda.

Shunday imkoniyatlarni ishga solib, kelgusi yilda ekologiya va ov turizmidan daromadlarni 10-15 baravarga oshirish mumkinligi ta’kidlandi. Shahrisabz, Kitob, Boysun, Bobotog‘, Zomin, Baxmal, Ohangaron, Bekobod, Dalvarzin, Pop, Qo‘qon, Qozoqdaryo o‘rmon va ov xo‘jaliklarida turizm maskanlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi" - prezident matbuot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан