Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident eski parlamentning xatosini va qachon YaIM 100 milliard dollarga yetishini aytdi
21.01.2020 17:45,  
436

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining birinchi qo‘shma majlisidagi nutqida xalqaro moliya muassasalari bilan hamkorlik masalasiga to‘xtaldi.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki kabi tashkilotlardan ko‘proq moliyaviy ko‘mak olish uchun mamlakatdagi korrupsiyaga qarshi samarali kurashish kerak.

“Ular bitta narsadan qo‘rqyapti – korrupsiya davom etadimi-yo‘qmi, adolat bo‘ladimi-yo‘qmi, investitsiyaga kafolat bo‘ladimi-yo‘qmi. Mana shulardan qo‘rqishyapti”, – degan Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Prezident Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalari bir necha yil to‘xtab qolganini ham eslab o‘tdi.

“YeTTB bilan hamkorligimiz 20 yilga yaqin vaqt davomida to‘xtab qolgandi. Bu tanaffus vaqtida qo‘shnilarimiz milliard-milliard pul oldi. Yangi shartnoma va dasturlar hisobiga, 2019 yilning o‘zida 500 million dollardan ko‘p mablag‘ni o‘zlashtirdik. Buni iqtisodiyotni tushungan odam tushunadi”, – dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston YeTTB tomonidan moliyalashtirilayotgan 40ga yaqin davlat orasida 7-o‘ringa ko‘tarildi

Shavkat Mirziyoyev yangi tarkibdagi Oliy Majlisning asosiy yutuqlaridan biri sifatida unda iqtisodchilarning ko‘pligini keltirib o‘tdi.

“Quyi palatada ham, yuqori palatada ham iqtisodchilar ko‘p. Bilasizlarmi, oldingi parlamentning xatosi shu ediki, u yerda iqtisodchilar kam edi, desak, bu ham adolatdan bo‘ladi. Hozir mana, sizlarning oralaringizda zamonaviy iqtisodchilar ko‘p.

5 yilda YaIMni 100 milliard dollarga yetkazish – juda katta marra. 1991 yilda bizning iqtisodiyotimiz qo‘shnilarimizga nisbatan ancha yaxshi edi”, – deya ta’kidladi davlat rahbari.

Ma’lumot uchun, yangi tarkibdagi Senatda iqtisodchilar eng ko‘p o‘ringa ega – 97 nafar senatordan 20 nafari iqtisodchi. Quyi palatada esa moliya, iqtisod va bank sohasi vakillari hamda tadbirkorlar 30 nafarni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан