Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prezident eskicha tibbiyot kollejlari o‘rniga Ibn Sino maktablari tashkil etish kerakligini aytdi
25.02.2020 17:04,  
333

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 fevral kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda avvalo, ixtisoslashgan tibbiy yordam sifati va ko‘lamini oshirish lozimligi ta’kidlandi. Davlat va xususiy tibbiyot uchun teng shart-sharoit, raqobat muhiti yaratilmagan. Moliyalashtirishda elektron tizimning yo‘qligi mablag‘lar unumdorligini tahlil qilish imkonini bermayapti. Sohani moliyalashtirishni takomillashtirish, majburiy tibbiy sug‘urtaga oid qonunlar qabul qilib, uni bosqichma-bosqich joriy etish muhimligi aytildi.

Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, faqat 12 ta oliy ta’lim muassasasi uzluksiz kasbiy malaka oshirish huquqiga ega. Hozirda 50 foiz shifokor malaka oshirish bilan qamrab olinmagan.

Shu bois mazkur tizimni qayta ko‘rib chiqib, bu boradagi qamrovni kengaytirish, malaka oshirish kurslarini Qoraqalpog‘iston va viloyatlar markazlarida tashkil etib, mutaxassislarga qulaylik yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Eskicha uslubda qolib ketgan tibbiyot kollejlari o‘rnida Ibn Sino maktablari tashkil etib, dars va amaliyotni zamon talablari asosida o‘tish zarurligi ta’kidlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан